Xabarda xalq bugun qiynalayotgani, karantinda ishsizlik koʻpayib, daromad yoʻqligi inobatga olinmayotganligi, xodimlardan soʻralganda rahbariyat bunga natija soʻrayotganligi sabab boʻlayotganligi maʼlum qilingan. Mazkur xabar byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.

Xususan, mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin sabab, Navoiy viloyati ham qizil hududlardan biri boʻlib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.06.2020-yildagi PF-6010-sonli Farmoni bilan kommunal soha tugatilib, Energetika vazirligiga oʻtkazilishi munosabati bilan elektr, gaz va maishiy chiqindilardan boʻlgan qarzdorliklar joriy yilning 1-avgustiga qadar Byuro tomonidan undirilishi koʻrsatib oʻtilgan.

Shu sababli, Byuroda yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda xodimlar kommunal sohada “MIBUZBOT” va sud qarorlarini ijro etish sohasida esa “MIB portal” dasturlari orqali ishlarni masofadan tashkil etib, aholini ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, ularni bezovta qilmasdan undiruvlarni amalga oshirmoqda.

Shuningdek, davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari istisno tariqasida vaqtinchalik oʻtkazilishi rahbariyat tomonidan toʻxtatilib, joriy yilning 24-25-iyul kunlari ijro harakatlari olib borilmagan.

Shu bilan birga, xabarda keltirilgan Byuro rahbariyati xodimlarga “natija qilasan” tarzidagi topshirigʻi hech qanday asosga ega emas.

Shu oʻrinda aytish joizki, bugungi kunda viloyat Byuro organlari har bir fuqaroning birorta vajini chetda qoldirgani yuq va uni hal etilishini ham nazoratga olgan. Yuqoridagilarga koʻra, oʻrganilmagan, asossiz xabarlarning tarqalishi MIBga nisbatan aholining salbiy qarashlarini paydo boʻlishiga zamin yaratishdan boshqa narsa emas.

Majburiy ijro byurosi

Navoiy viloyat boshqarmasi