Ular ushbu kasallik inson turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, antioksidant tarkibi yuqori bo‘lgan olma sharbati astma alomatlarini kamaytirishda samarali vosita ekanini ilgari surmoqda.
Professor Nariman Inanch astmaning davom etayotgan yallig‘lanish natijasida nafas yo‘llarining o‘ta sezgir bo‘lishiga va ba’zi omillar tufayli vaqti-vaqti bilan torayib ketishiga sabab bo‘ladigan kasallik ekanini aytdi. Shuningdek, astmaga chalingan odamlar antioksidant vitaminlarni iste’mol qilishi zarur ekanini ta’kidlab, bunday vitamin va minerallar astma chastotasini kamaytirishini ta’kidladi.
"Olma sharbatining nafas qisishi va astma belgilariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olgan holda astma bilan og‘rigan odamlarga diyetaning bir qismi sifatida har kuni bir stakan olma sharbati iste’mol qilish tavsiya etiladi", deydi u.
Meva sharbati tarkibidagi vitaminlar, minerallar va flavonoidlar immunitet tizimini himoya qilishiga e’tibor qaratgan Inanch uning astmadan tashqari ba’zi saraton turlari va yurak kasallilkariga qarshi samarali himoya vositasi ekanini ham ta’kidladi.