Bu uni Venera kabi yorqin birinchi ekzosayyora ekanini bildiradi, dedi Yevropa koinot agentligi (EKA).
Sayyora 2020-yilda NASAning TESS sun'iy yo'ldoshi yordamida kashf etilgan va LTT9779b deb nomlangan. U Yerdan 260 yorug'lik yili uzoqlikda joylashgan. EKA Cheops kosmik missiyasi ma'lumotlari sayyora atmosferasida metall bulutlar hosil bo'lib, titan tomchilari yog'ayotganini ko'rsatdi. Bu o'ziga yorug'likni qaytaruvchi qalqon vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham u eng yorqin ekzosayyoradir.
Neptun kattaligidagi sayyora o'z yulduzi atrofida atigi 19 soatda aylanib chiqadi, deb xabar beradi tass.ru.