Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (https://vacancy.argos.uz/) orqali joriy yilning avgust oyi davomida 2 424 ta vakant (bir kunda o'rtacha 78 ta) lavozim bo'yicha tanlovlar e'lon qilinib, unda 37 127 nafar nomzodlardan (bir kunda o'rtacha 1 198 nafar) hujjatlar kelib tushgan.
Ochiq tanlovlar natijalariga ko'ra, avgust oyida 447 nafar (bir kunda o'rtacha 14 nafar) malakali kadr davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilindi.