Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonga qiymati 100 million AQSH dollariga teng boʻlgan 281,6 million litr avtomobil benzini import qilingan.

Avtomobil benzini importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:

Rossiya – 139 million litr;

Turkmaniston – 121 million litr;   

Qozogʻiston – 16 million litr;

Iroq – 3,6 million litr.

8 oyda qariyb 730 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.