Transport vazirligida boʻlib oʻtgan yigʻilishdan havo transportida yuk tashuvlari raqobatbardoshligini oshirish, “Yagona darcha” tamoyili asosida idoralararo maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish orqali biznes jarayonlarini soddalashtirish maqsadi koʻzda tutilgan.

Mazkur tadbirda tegishli vazirlik va idoralar vakillari avia yuk tashuvlari sohasida hujjatlarni elektron rasmiylashtirish va kuzatib borishning “E-freight” xalqaro standartini joriy etish yoʻnalishidagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashdi.

Xalqaro aviatsiya transporti birlashmasi (IATA) tavsiyasiga muvofiq havo transportida yuklarni elektron rasmiylashtirish va kuzatish “E-freight” standartini joriy etish biznes jarayonlarini soddalashtirishga, xarajatlarni kamaytirishga va maʼlumot almashinuvini tezlashtirishga qaratilgan xalqaro tarmoq dasturining bir qismidir.

Ushbu standartning joriy etilishidan maqsad ishonchlilikni oshirish, yuklarni yetkazib berish vaqtini hamda avia yuk tashuvlari jarayonida hujjatlarni elektron rasmiylashtirish va kuzatib borish xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nazorat qiluvchi organlar uchun axborot xavfsizligi va ishonchliligini oshirishni taʼminlaydi.

Uchrashuv davomida ilgʻor xorijiy mamlakatlarda havo transportida yuk tashuvlarini rasmiylashtirish jarayonida qoʻllanilayotgan elektron platformalarning ish faoliyati yuzasidan taqdimotlar va oʻrganishlar oʻtkazildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.