Bsh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Tekshiruvda fuqaro J.R. va boshqalar “I.T.” va “T.A.” MCHJ rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu MCHJlar tomonidan 50 nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish uchun “Toshkent-Quvayt-Madina” yoʻnalishi boʻyicha aviachiptalarni band qilishga yordam berish evaziga oldindan toʻlov sifatida jami 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.