Zamburugʻlar Aspergillus terreus va Engyodontium album turlariga tegishli. Kuzatishlar shuni koʻrsatdiki, 90 kun ichida ular plastmassaning 25-27 foizini yemirdi va toʻliq “qayta ishlash” uchun 140 kun kerak boʻldi.

Olimlar bu oʻrganishlar plastik chiqindilarni biologik qayta ishlash yoʻllari boʻyicha tadqiqotlarda muhim qadam boʻlganini taʼkidlashdi. Polipropilen dunyodagi barcha plastik chiqindilarning uchdan bir qismini tashkil qiladi. U shisha va oziq-ovqat idishlari uchun qopqoqlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan bardoshli materialdir. Uning tabiatda parchalanishi yuzlab yillar davom etishi mumkin, deb hisoblangan. Ammo zamburugʻlar bu muddatni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

Laboratoriya tajribalari shuni koʻrsatdiki, ikkita qoʻziqorin birgalikda polipropilen granulalari va yupqa plyonkalarni, shuningdek, alyuminiy bilan qoplangan polipropilen plitalarni yemiradi. Ushbu jarayonning aniq mexanizmi nomaʼlumligicha qolmoqda. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, zamburugʻlar materialni oddiy molekulalarga ajratadi va keyinchalik ularni oʻzlashtiradi, deb xabar beradi mir24.tv.