Avtomobillar uchun yangi mahsulot – “Oktan kuchaytirgich” ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi

    Sanoat 2 Mart 2023 647

    “UNG Petro” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan avtomobillar uchun motor moylari, antifrizlar va boshqa zaruriy suyuqliklar ishlab chiqarilyapti.

    Korxona tomonidan “UNG Petro” brendi ostida “Oktan kuchaytirgich” ishlab chiqarish ham yoʻlga qoʻyildi. Ushbu mahsulotni korxonaga qarashli barcha AYOQSHlardan sotib olishingiz mumkin.

    Ushbu yangi mahsulot yoqilgʻi qoʻshimchalaridan tashqari, yoqilgʻining oktan miqdorini oshirishga ham imkon beradi.

    Mahsulot yordamida avtomashina dvigatelini muammosiz ishga tushirish, yoqilgʻi sarfini, tutun va shovqinni kamaytirish, quvvatini oshirishni taʼminlashga erishiladi,

    deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.