Bojxona organlari tomonidantovar-moddiy boyliklarni yurtimiz hududiga turli qingʻir yoʻllar orqali olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Doʻstlik” chegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik oʻz vaqtida fosh etildi.

Qoʻshni respublika hududidan mamlakatimizga kirib kelgan fuqaro S.M. boshqaruvidagi “Volvo FH” rusumli avtotransport vositasi sinchkovlik bilan bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazilganida, transport vositasining salon qismida, haydovchi oʻrindigʻi orqasida hech qanday hujjatlari boʻlmagan, noqonuniy yoʻllar bilan tayyorlangan 4 dona “40A770AA”, 2 dona “40A234AA” hamda 2 dona “01A755AA” qalbaki davlat avtoraqamlari borligi aniqlandi.