Aydar-Arnasoy koʻllar tizimida 300 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi

    Qonunbuzarliklardan 10 ta holatda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, 57 ta holatda brakonerlardan 1178 kg baliq olib qoʻyilgan va internat hamda maktabgacha taʼlim muassasalariga begʻaraz topshirilgan.

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Aydar-Arnasoy koʻllar tizimini nazorat qilish boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan doimiy nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

    Xususan, 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida noqonuniy ov bilan bogʻliq 307 ta holat aniqlanib, jami 601 million 503 ming jarima qoʻllanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan 1 mlrd 702 mln 961 ming soʻm zarar ham undirilishi belgilandi.

    Qonunbuzarliklardan 10 ta holatda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Shuningdek, 57 ta holatda brakonerlardan 1178 kg baliq olib qoʻyilgan va internat hamda maktabgacha taʼlim muassasalariga begʻaraz topshirilgan.

    Bundan tashqari, huquqbuzarlardan 7 ta ov quroli, 83 ta baliq ovlash uchun moʻljallangan toʻrlar, 7 ta elektr qarmoq, 6 ta qayiq va 5 ta boshqa turdagi buyumlar olib qoʻyilgan. Ayni damda nazorat reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.