Ayol-qizlarni tabiiy va aniq fanlarga jalb qilishga qaratilgan tanlov eʼlon qilindi

    Fan 17 Fevral 2024 1091

    Ayol-qizlarni tabiiy va aniq fanlarga jalb qilishga qaratilgan mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarilik “Inspiring Women in Science” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.

    Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-Texnik axborot markazi xabar berdi.

    Talablar

    Tanlov ikki kategoriya boʻyicha oʻtkaziladi. Birinchi toifada ayollarni STEM sohasiga ragʻbatlantira oluvchi gʻoyaga ega barcha qatnasha oladi, ikkinchi toifa esa faqat ayol-qizlar uchun moʻljallangan. Tanlov ingliz tilida boʻlgani uchun nomzodlardan ingliz tilini bilish talab qilinadi.

    Foydali tomonlari

    — Ikki kategoriya boʻyicha gʻolibga 50,000 AQSH dollari miqdorida mukofot puli beriladi;
    — Londondagi taqdirlash marosimiga taklifnoma beriladi. Londondagi turarjoy, safar xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi;
    — Gʻoliblarning ishlari Nature.com saytida chop etiladi.

    Ariza qabul qilishning oxirgi muddati 8-aprel.