Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida ayol rahbarlar boshqaruvida kichik korxona va mikrofirmalarning mahsulot sotishdan tushgan sof daromadi 15,7 trillion soʻmni tashkil etgan.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalarning sof daromadi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2 trillion soʻmga oshgan.

Ayol rahbarlar boshqaruvida 36 295 ta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud.

Iqtisodiyot tarmoqlarida 5,5 million nafar ayollar ishlamoqda.