Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 21 yoshli (erkak) M.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi M.A. Namangan tumani Qo‘qonqishloq MFY hududida O.G.ning uyali telefon qurilmasini ochiqdan-ochiq tortib olib, agar 1 million so‘m pul bermasa, uning “Telegram” messenjeridagi shaxsiy yozishmalari va suratlarini Internet tarmog‘i orqali barchaga tarqatishini aytib, po‘pisa qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.