Davlatimiz rahbari tomonidan ayollarga qaratilayotgan eʼtibor namunasi sifatida joriy yilning 21-27-iyun kunlari Xorazm viloyatining Urganch, Xiva, Bogʻot, Yangibozor, Urganch, Qoʻshkoʻpir, Xonqa tumanlaridan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 700 nafar xotin-qizlar “Ayoli eʼzozlangan yurt!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirish hamda qadimiy, ulugʻ ota-bobolarimizning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishlari maqsadida Buxoro shahriga sayohatga yuborildi.

 Koʻhna, qadimiy shaharlarga sayohat qilish inson kayfiyatni koʻtaribgina qolmasdan, tariximizni chuqurroq anglab yetishga, dunyoqarashni kengaytirishga, tarixiy obidalar bilan tanishishga zamin yaratadi.