Unda Eron, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiz Respublikasi va Turkmaniston ayollar futzal terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.
Musobaqa davomida Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi ilk turda Eronga qarshi oʻtgan oʻyinda magʻlubiyatga uchragan boʻlsa-da, Turkmaniston terma jamoasini 6:3, Tojikiston termasini 8:1 hisobida yengdi. Oxirgi oʻyinda oʻzbekistonlik futzalchi qizlar Qirgʻiziston bilan 4:4 hisobida durang qayd etdi.
Ushbu natija orqali futzal boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi “CAFA Womenʼs Futsal Championship – 2025” musobaqasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Musobaqaning oltin medallari Eronga nasib qilgan boʻlsa, bronza medali qirgʻizistonlik futzalchilarga nasib etdi.
Maʼlumot oʻrnida: toʻrtinchi marotaba tashkil etilayotgan mazkur musobaqaga 2022, 2024-yillarda Tojikiston, 2023-yil esa Oʻzbekiston mezbonlik qilgan. Ushbu oʻtgan uchta turnirda Eron chempionga aylangan. Futzalchi qizlarimiz esa uchalasida ham kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Qirgʻiziston vakillari ikki marotaba, tojikistonliklar esa bir marta bronza medali bilan taqdirlangan.








