Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu yilning 25-dekabr kuni Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi rahbariyati ishtirokida taqdimot marosimi oʻtkazildi.
Mazkur taqdimot marosimida futbol klublari vakillari, futzal mutaxassislari, hududiy assotsiatsiyalar rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
2025-yildan eʼtiboran faoliyatini boshlaydigan Oʻzbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib respublikamizda futbol va futzal sport turlarining rivojlanishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishda faollik koʻrsatayotgan, yurtimizning faol tadbirkorlaridan biri, BMB Xolding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Akmalovich Mamatqulov nomzodi maʼqullandi.
- Bekzod Mamatqulov — federatsiya prezidenti;
- Aziz Akbarjonov — vitse-prezident;
- Maʼrufjon Abdullayev — bosh kotib.
Tadbir davomida futzal boʻyicha terma jamoamizning keyingi Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etishiga tilak bildirildi.