Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida bugun, 20-iyul kuni Toshkentning 2 ta tumanida “svet” oʻchiriladi.

Quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:

— Olmazor tumani: “Sagʻbon”, “Gʻani Aʼzamov”, “Chimboy”, “Guzarboshi”, “Namuna” hamda “Oltinsoy” MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim koʻchalarida soat 04:00 dan 12:00 gacha;

— Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.