“Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni roʻyxatdan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan toʻlovlar stavkalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 2303-7, 23.12.2024-y.)
Unga koʻra, toʻlov stavkalari quyidagicha miqdorda belgilandi:
Mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarga (yarim tirkamalar) ROʻDRB uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida;
Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.
- Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona ROʻDRB oʻrniga yangi ROʻDRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida;
Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.
- Yoʻqotilgan bir dona ROʻDRB (mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) oʻrniga yangi bir dona ROʻDRB berish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida undiriladi;
Ilgari BHMning 1,75 baravari edi.
- Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida;
- Elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va avtotransport vositalari tirkamalaridan (yarim tirkamalaridan) boshqa barcha avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning 6,84 baravari miqdorida;
- Avtortansport vositalari, elektromobillar (gibrid avtomobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) va tirkamalarni (yarim tirkamalarni) qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning 10 foizi miqdorida.
Shuningdek, quyidagi toʻlovlarning undirilishi bekor qilindi:
- yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun BHMning 70 foizi miqdoridagi toʻlov;
- yoʻqotilgan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma dublikatini berish uchun BHMning 1 baravari miqdoridagi toʻlov;
- yoʻqotilgan avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma dublikatini berish uchun belgilangan toʻlov stavkasining 5 baravari miqdoridagi toʻlov.