Unga koʻra:
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi doirasida markirovkalangan sigaret qutisi muvaffaqiyatli ishlab chiqildi.
Shuningdek, tamaki ishlab chiqarish fabrikalarini maxsus server uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash va ularni korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiya qilish orqali tamaki mahsluotlarini kuzatib borish mexanizmi ishga tushirildi.
Alkogol mahsulotlari uchun sinov tariqasida markirovkalangan yorliqlar ishlab chiqilib, markirovkalash axborot tizimining tarkibiy qismlari oʻrnatildi hamda maʼlumotni qayta ishlash markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu qaror bilan:
Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Ushbu meʼriy hujjat bilan shuningdek:
2021-2022-yillarda identifikatsiya vositalari bialn majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilinadigan mahsulotlar roʻyxati;
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish boʻyicha “yoʻl xariatsi” tasdiqlandi.
Raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarning chakana yoki ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanish majburiyati yuklanadi.
2021-yil 1-martdan boshlab mazkur qarorga asosan, mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab oʻn ikki oy muddat oʻtgandan soʻng respublika hududida mahsulot mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi.