➖ olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;

➖ olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, taʼlim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga.

Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul toʻlovlaridan ham soliq undirilmaydi.

Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq toʻlashi mumkin (2021-yil 1-yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi).

Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyentda qoʻllaniladi.

Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni Oʻzbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yigʻimdan ozod qilinadi (2021-yil 1-martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi).