Tumandagi avtomobil yoʻllarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, turli koʻngilsizliklarning oldini olish maqsadida joriy yilning 5-yanvar kuniga qadar “4R-12” “Bektemir-Chorbogʻ” avtomobil yoʻlining 61-kilometridan “4R-6” “Toshkent-Chirchiq-Chimyon” avtomobil yoʻlining 57 kilometriga oʻtish qismidan yaʼni Boʻstonliq tumanining Gʻazalkent shahridan chiqish joyi to “4R-6” avtomobil yoʻlining 87 kilometriga yaʼni Boʻstonliq tumani “Yusufxona” aholi yashash joyiga qadar avtomobillarning harakatlanishi bir tomonlama qilib tashkil etiladi.

Ushbu holatda barcha haydovchilardan vaziyatni toʻgʻri tushunib, oʻrnatilgan yoʻl belgilariga rioya qilishlarini, xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlarining ishora va koʻrsatmalariga amal qilib harakatlanishlarini soʻrab qolamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati