Oʻzbekiston Respublikasi hukumati va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari oʻrtasida imzolangan Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “AIR ARABIA Abu-Dabi LLC” kompaniyasiga Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yoʻnalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun 2020-yil 9-sentyabrda 3-K sonli Foydalanish ruxsatnomasi berildi.

Aviakompaniya mazkur yoʻnalishda Oʻzbekistonga parvozlarni Airbus-320-214 havo kemalarida amalga oshirishini maʼlum qildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.