Badiiy gimnastika: Taxmina Ikromova Jahon kubogi bosqichida 2 ta medalni qoʻlga kiritdi

    Ozarbayjonning Boku shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi.

    Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

    Qayd etish joiz, har ikki medalni mahoratli sportchimiz Taxmina Ikromova delegatsiyamiz hisobiga taqdim qildi. Hamyurtimiz qiziqarli bahslar davomida toʻp va tasmadagi mashqlarda shohsupaga koʻtarildi.

    Toʻp:

    1. Darya Varfolomeyev (Germaniya) – 33.150 – 33.150

    2. Yeva Brezaliyeva (Bolgariya) – 32.950

    3. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 31.800

    Tasma:

    1. Stiliana Nikolova (Bolgariya) – 31.300

    2. Yeva Brezaliyeva (Bolgariya) – 31.100

    3. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 30.950