Badiiy gimnastikachi qizlarimiz Tokioga boradi

    Ayni kunlarda poytaxtimizda badiiy gimnastika bo'yicha litsenzion Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Unda yakkalik va guruh mashqlari bo'yicha Tokio olimpiadasi yo'llanmalari egalari aniqlanadi.

    Kecha chempionatning guruh mashqi dasturidan o'rin olgan musobaqalar bo'lib o'tdi. Unda murabbiy Ekaterina Pirojkova rahbarligidagi Nilufar SHomuradova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoeva va Kamola Irnazarovadan iborat mamlakatimiz badiiy gimnastikachilari raqiblaridan sezilardi darajada ustun ekanliklarini namoyish etishdi va 83,95 ball bilan g'olib chiqishdi. Ikkinchi o'rinni 61,90 ball to'plagan janubiy koreyaliklar, uchinchi o'rinni 43,95 ball to'plagan tailandiklar egalladi.

    Quvonarli tomoni shundaki, qizlarimiz guruh mashqida Tokio olimpiadasi litsenziyasiga ega bo'lishdi.