Badiiy gimnastikachilarimiz Jahon kubogining ilk bosqichida toʻrtta medalga sazovor boʻldi

    Sport 7 Aprel 2025 791

    Shu yilning 4-6-aprel kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Qayd etilishicha, unda 50 ta mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar orasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham medallar uchun kurash olib bordi.

    Yakunda hamyurtlarimiz 2 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi.

    Kumush medal:

    • Taxmina Ikromova (bulava)
    • Guruh mashqi (3 toʻp va 2 xalqa)

    Bronza medal:

    • Taxmina Ikromova (koʻpkurash)
    • Taxmina Ikromova (toʻp)