Kecha, Osiyo chempionatida ilk medallar uchun bahslar boʻlib oʻtdi. Eʼtiborlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Yosh vakilalarimiz yakkalik hamda guruh mashqlaridan iborat jamoaviy yoʻnalish, guruh mashqlari boʻyicha koʻpkurash yoʻnalishida oltin medallarni oʻziniki qilgan boʻlsa, katta yoshdagi qizlarimiz jamoaviy yoʻnalishda birinchi boʻldi. Shuningdek, kattalar jamoamiz koʻpkurash dasturida kumush medalga ega chiqdi.