Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogini terma jamoamiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunladi

    Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakuniga yetdi.

    Kecha, musobaqaning oxirgi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi. Taxmina Ikromova halqadagi mashqda, shuningdek, guruh mashqida 5 halqa bilan chiqish qilgan qizlarimiz shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilishdi.

    Halqa:
    1. Sofiya Rafaeli (Italiya)
    2. Margarita Kolosov (Germaniya)
    3. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston)

    5 halqada guruh mashqi:
    1. Xitoy
    2. Qozogʻiston
    3. Oʻzbekiston (Yekaterina Fetisova, Mumtozabonu Isxokzoda, Nargiza
    Jumaniyazova, Ruxshona Dehkonova, Irodaxon Sadikova)

    Shu tariqa, terma jamoamiz ushbu musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunladi.