Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu yilning 30-yanvar kuni boʻlib oʻtgan Toshkent shahrida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov kongresida Bahodir Qurbonov Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi prezidenti etib qayta saylandi.

Maʼlum qilinishicha, Bahodir Qurbonov mazkur lavozimni 2025-yil fevral oyidan boshlab egallab kelmoqda va kelgusi davrda ham assotsiatsiya faoliyatiga rahbarlik qiladi.

Shuningdek, Ravshan Ermatov Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti, Odil Ahmedov esa vitse-prezidenti lavozimlarini saqlab qoldi.

Kongres doirasida futbol sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, shuningdek, iqtidorli yosh futbolchilar uchun adolatli va shaffof imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.