«Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti COVID-19ga qarshi AstraZeneca/Oxford vaksinasini favqulodda ishlatish mumkin bo'lgan vaksinalar ro'yxatiga kiritgan.
Har bitta tavsiya birinchi navbatda, chuqur tahlil asosida bo'ladi. AstraZeneca vaksinasi ham 23 ming nafar ko'ngillida o'tkazilgan tahlillar asosida uning samaradorligi 70 foiz deya ko'rsatilgan.
To'g'ri, ayrim vaksinalar 90 yoki 80 foizlik samaradorlikka ega bo'lishi ham mumkin. Lekin 70 foiz samaradorlikka ega vaksina ham samarali va emlashga tavsiya etiladigan vaksina hisoblanadi.
Biroq bu faqatgina mazkur vaksinani qo'llaymiz, degani emas. Bundan tashqari boshqa vaksinalarini ham olib kelish bo'yicha muzokaralar olib borilyapti.
Masalan, "Sputnik V" vaksinasi bo'yicha 1 million dozaga shartnoma ishlab chiqilgan. Shartnomani ayni paytda Rossiya tomoni ko'rib chiqmoqda, muzokaralar yakuniga ko'ra vaksina O'zbekistonga olib kelinadi».