Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, mahalliy qozonxonalar faoliyati toʻxtatilish davomiyligi ikki kun boʻlib, bu 1-apreldan 31-maygacha amalga oshiriladi.
Issiq suv taʼminoti oʻchiriladigan ikkinchi muddatda barcha 3 ta issiqlik ishlab chiqaruvchi korxona (“Toshkent Issiqlik markazi”, “Toshkent issiqlik elektr markazi”, Veolia Energy Tashkent)ning markaziy qozonxonalari faoliyati toʻxtatiladi: davomiyligi — 4 kun; davr — 15-apreldan 31-maygacha.
Ushbu davr mobaynida Toshkent shahridagi issiq suv taʼminoti tizimini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshiriladi. Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xodimlari kelgusidagi isitish mavsumida yanada samarali va ishonchli issiqlik taʼminotini yetkazib berish maqsadida eskirgan kommunikatsiyalarni almashtirib, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qiladi. Oʻchirish jadvali keyinroq eʼlon qilinishi aytilgan.