баннер
11 Apr 2025
18:04

    Balandlikdan to'pni basketbol savatchasiga tushirish bo'yicha rekord o'rnatildi

    AQSHning Las-Vegas shahrida balandlikdan to'pni basketbol savatchasiga tushirish bo'yicha yangi rekord o'rnatildi. YouTubening Dude Perfect kanaliga joylashtirilgan mazkur urinish haqidagi video 4 million marta ko'rildi va 250 mingta “like” to'pladi.

    Blogerlar “Stratosfera” osmono'par binosidan – 260,9 metr balandlikda joylashgan binoning 121-qavatiga ko'tarib, to'pni savatchaga tashlashga qaror qilishdi.

    Rekordni yangilash uchun 1000 dan ortiq urinish va 25 soat kerak bo'ldi.

    Ilgari o'sha blogerlar to'pni savatchaga 161 metr balandlikdan tushirishgan bo'lsa, 2018-yilda ularning rekordi How Ridiculous kanali mualliflari tomonidan yangilangandi. Ular to'pni savatchaga 200 metr balandlikdan tushirishga muvaffaq bo'lishgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech