Unda federatsiyaga yangi rais saylash kun tartibidagi asosiy masala boʻldi, deya xabar berdi qoʻmita Matbuot xizmati.
Konferensiyada transport vaziri Mahkamov Ilhom Rustamovichning nomzodi Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi raisi lavozimiga taklif etildi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi. Shu tariqa Ilhom Mahkamov Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi raisi etib saylandi.
Maʼlumot uchun, Ilhom Mahkamov 1979-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Uzoq yillardan beri kommunal sohada, xususan, “Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori, Vazirlar Mahkamasi Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan. 2021-yildan transport vaziri sifatida faoliyat yurityapti.