баннер
10 Apr 2025
16:43

    Toshkent oʻsmirlar oʻrtasida basketbol boʻyicha xalqaro turnirga mezbonlik qilmoqda

    Shu kunlarda mamlakatimiz poytaxtida 2007-2008-yillarda tugʻilgan oʻsmir yoshlar oʻrtasida basketbol boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport markazi ochiq chempionatida Toshkent shahri va viloyati jamoalaridan tashqari, Qirgʻiz Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining bir qator jamoalari ishtirok etmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi jamoasi, Toshkent viloyati jamoasi, Toshkent shahri jamoasi, “Ginnes 29” (Qirgʻiz Respublikasi) jamoasi, “Edelveys” (Qirgʻiz Respublikasi) jamoasi, Xakasiya Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi) jamoasi.

    Yunusobod tumanidagi 2-sonli bolalar oʻsmirlar sport maktabi mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqaning gʻolib va sovrindorlari nomiga bugun aniqlik kiritiladi.

    Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

    Telegram kanalimiz
    Text to speech