Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining suv obyektlarini muhofaza qilishga ixtisoslashtirilgan tezkor guruhi davlat inspektorlari tomonidan nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. Tadbiri davomida Nurota tumanidagi 5 nafar fuqaro tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari”ga zid ravishda belgilangan sonidan ortiqcha ilmoqlar bilan baliq ovlayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan 5 nafar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jami 5 575 000 soʻm miqdorda jarima belgilandi.