Ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisa xodimning nogironligi yoki vafot etishiga olib kelsa jabrlanuvchiga yoki vafot etgan xodim qaramogʻidagi mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi. Voyaga yetmagan bolalariga va boshqa zarar undirish huquqiga ega shaxslarga maʼlum muddat davomida oylik toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta qilinishi uning xodim oldidagi majburiyatlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarishini taʼminlash hamda korxonaning katta miqdorda moliyaviy zarar koʻrishini oldini olishga xizmat qiladi.
Xodim oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha ish beruvchi oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalashi shart.
Ish beruvchi xodimlarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan va kasb kasalliklaridan fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishi shart.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.