Uchrashuv chogʻida ikki davlatlar oʻrtasida AKT sohasida, jumladan, IT tadbirkorlik va IT taʼlimni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari koʻrib chiqildi.
BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Uchrashuvda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonga IT xorijiy kompaniyalarni jalb etish uchun barcha sharoitlar yaratilyapti. Shuningdek, uchinchi davlatlarga IT eksportni yoʻlga qoʻyish masalalari ham muhokama etildi.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida ikki davlatlar oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligini hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.