Turnirda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ikkita tarkib bilan qatnashmoqda. Dastlabki kun bahslarida Sotivoldiyeva hamda Jamolovadan iborat Oʻzbekistonning ikkinchi jamoasi Bangladesh II jamoasini 21:13, 21:16 hisoblarida magʻlub etdi.
Musobaqada Oʻzbekiston, Bangladesh (2 tadan jamoa), Nepal, Shri-Lanka davlatlaridan 6 ta jamoa qatnashmoqda. Turnir murabbiylar uchun kelasi yil Xanchjouda boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlari oldidan optimal tarkibni saralab olish imkoniyatini beradi.
Reglamentga koʻra, bugun qizlarimiz saralash bosqichi doirasida barcha raqiblar bilan hisob-kitob qiladi. Ertaga pley-off bahslari oʻtkaziladi.