“Bavariya” Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o'yinida ingliz klubiga yutqazdi (3:0).
Bild nashrining xabariga ko'ra, Mane o'yindan keyin kiyinish xonasida jamoadoshi Leroy Sanening yuziga musht tushirgan va uning labini yorgan.
Futbolchilar o'rtasidagi kelishmovchilik o'yin paytida futbol maydonida boshlangandi, o'yining 83-daqiqasidagi ularning bahsi translyatsiyada ham aks etgan. Senegallik futbolchi jamoadoshining unga to'pni uzatmagani uchun jahli chiqqan. Mazkur epizoddan keyin ular bahslashishgan. Shundan so'ng kiyinish xonasida mojaro susaymadi. Sanening o'yin paytida qilgan muomalasi Manega yoqmagani ziddiyatning kelib chiqishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.
Jamoadoshlarining aralashuvi bilan janjal to'xtatilgan. Saneni tinchlanishi uchun uni “Etihad Stadium”dagi kiyinish xonasidan olib chiqishga to'g'ri kelgan.
Klub bu hodisaga hozicha rasman izoh bermadi, deb xabar beradi sports.ru.