Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 13 Iyun 2025 474

    Shu yilning 13-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, diplomatik aloqalarni yanada faollashtirish hamda muhim yoʻnalishlarda oʻzaro manfaatli yangi imkoniyatlarni aniqlash masalalarini muhokama qilindi.

    2025-yilga moʻljallangan kun tartibimiz boy boʻlib, xalqlarimiz manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan oliy va yuqori darajadagi almashinuvlardan iborat, — deb yozadi TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida.