Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Uchrashuvda oʻtgan yili Toshkentda boʻlib oʻtgan “Hamkorlikda iqtisodiy barqarorlik va taraqqiyot sari” mavzusidagi IHT 16-sammiti tashkilot darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining IHT doirasidagi tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, samarali hamkorlikning amaliy jihatlarini ishlab chiqish zarurligi, boʻlajak tadbirlar jadvaliga alohida eʼtibor qaratildi.