Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanali orqali maʼlum qildi.

Uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar va Ummon Sultonligining Oʻzbekistondagi elchilari ishtirok etdi. Suhbat chogʻida tomonlar mintaqadagi dolzarb siyosiy masalalar, ayniqsa Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqotda mintaqadagi keskinlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkin boʻlgan holatlardan xavotir bildirildi. Shu bilan birga, barcha mojarolarni tinch va diplomatik yoʻllar orqali, xalqaro huquq tamoyillariga muvofiq hal etish muhimligi taʼkidlandi.

"Oʻzbekiston bilan Koʻrfaz arab davlatlari oʻrtasidagi ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, “Markaziy Osiyo – Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildik”, — deb yozadi vazir.