Taklifda 2025-yil 31-dekabr, 2026-yil 2 va 3-yanvar kunlari qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilash haqida koʻrsatilgan.
Hozirgi kunda ushbu takliflar rad etilgani yoʻq.
Ijtimoiy tarmoqlardagi aholini kayfiyatiga taʼsir etuvchi, yaʼni qoʻshimcha dam olish kunlarini belgilanmasligi haqidagi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmasligingizni soʻraldi.
Tez kunda Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kun va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida Farmon eʼlon qilinishi kutilmoqda.