Mazkur poyezdlar joriy yil 24,26-dekabr kunlari Toshkent — Urgench, shuningdek, 25,27-dekabr kunlari Urgench — Toshkent yoʻnalishida 2-martadan qatnovini amalga oshirib, yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazib qoʻyadi.
Chiptalarni elektron tarzda ham xarid qilish mumkin, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati. Xabarda shuningdek, qoʻshimchacha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi maʼlum qilingan.