Sportning milliy kurash turi bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqa 18-19-fevral kunlari bo'lib o'tmoqda. Bu haqida Bekobod shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Musobaqadan ko'zlangan maqsad yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizimlarini joriy etish, mahallalarda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishdan iborat.

Bugun Bekobod shahar BO'SM kurash zalida saralash musobaqalari bo'lib o'tmoqda. Unda 50 nafardan ortiq yoshlar 5 ta vazn toifasida ishtirok etyapti.

Eslatib o'tamiz final bellashuvlari 19-fevral kuni “Yoshlik” sport majmuasida bo'lib o'tadi.