Xususan, “Belaruslar va bozor” gazetasida chop etilgan maqolada joriy yil 24-26-mart kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqidagi batafsil maʼlumotlar oʻquvchilar eʼtiboriga havola etilgan.

“Toshkent xalqaro investitsiya forumi - bu strategik tashabbuslarni muhokama qilish va amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekistonning investitsion imkoniyatlarini xalqaro biznes hamjamiyatiga namoyish etish uchun yangi platformadir. Forumdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda istiqbolli loyihalar, tashabbus va dasturlarni amalga oshirish uchun yirik xorijiy kompaniyalar, investorlar va hamkorlarni jalb etish bilan izohlanadi”, deb yozadi gazeta.

Ushbu mavzuga bagʻishlangan maqolalarda mamlakatimiz poytaxtida oʻtkaziladigan mazkur xalqaro anjumanda Belarus delegatsiyasi ham qatnashishi kutilayotgani qayd etilgan.