Belbog'li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi yakunlandi

    6- 7 noyabr kunlari Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

    O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 400 ga yaqin yosh sportchilar ishtirok etdi.

    Musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishida 11 vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 vazn toifasida bellashdi.

    Quyidagi sportchilar o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni band etdi:

    O'g'il bolalar. Klassik yo'nalish:

    Ziynatilloh G'anijonov (Andijon, 27 kg.), Bagdaulet Dongesov (Qoraqalpog'iston, 30 kg.), Mirjahon Isroilov (Buxoro, 33 kg.), Ahror G'ofurjonov (Namangan, 36 kg.), Asilbek Muhammedov (Farg'ona, 40 kg.), Sardor Abdullaev (Toshkent v., 44 kg.), Saidislom Saidjalolov (Toshkent v., 48 kg.), Ulug'bek Muhammadjonov (Andijon, 52 kg.), Almazbek O'rinboev (Qoraqalpog'iston, 55 kg.), Muhammadqodir Karimjonov (Toshkent sh., 60 kg.), Muhammadyusuf Mo'minov (Farg'ona, +60 kg.).

    Qizlar. Erkin yo'nalish:

    Jasmina Ma'murjonova (Farg'ona, 33 kg.), Naimaxon Subhonalieva (Farg'ona, 36 kg.), Gulbahor Imomnazarova (Andijon, 40 kg.), Arofat Muhammedova (Andijon, 44 kg.), Gulsanam Rahmatullaeva (Namangan, 48 kg.), Eldora Alimboeva (Qoraqalpog'iston, 52 kg.), Muborak Ma'rufjonova (Namangan, +52 kg.).

    O'g'il bolalar. Erkin yo'nalish.

    Zahriddin Mo'ydinov (Andijon, 27 kg.), Mahmudjon Mamajonov (Namangan, 30 kg.), Ozodbek Ataqulov (Buxoro, 33 kg.), Ozodbek Salimov (Farg'ona, 36 kg.), Oqilbek Rahimberdiev (Namangan, 40 kg.), Sobirjon Abdullaev (Sirdaryo, 44 kg.), Mirjalol Mirahmedov (Farg'ona, 48 kg.), Otabek Abdujabbarov (Sirdaryo, 52 kg.), Hafiz Rahimov (Buxoro, 55 kg.), Behruz Ibrohimov (Toshkent v., 60 kg.), Navro'z Mamayusupov (Navoiy, +60 kg.).

    G'olib va sovrindor bo'lgan yosh sportchilar diplom, medal` va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

    – Kubok bellashuvlarini o'tkazish uchun yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilganiga guvoh bo'ldik. Buning uchun mezbonlarga, xususan, Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasiga, G'ijduvon tuman hokimligiga, belbog'li kurash federatsiyasiga, sport maktabi jamoasiga minnatdorlik bildiramiz, – dedi Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus shahar oliy mahorat maktabining belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi Bokenbay Saduakasov. – Shogirdlarimiz ushbu musobaqada uchta oltin, uchta kumush va to'rtta bronza medalni qo'lga kiritdi. Maqsadimiz, nasib etsa jahon chempionatlarida ham yuqori o'rinlarni qo'lga kiritish bo'ladi.