Buyuk mutafakkir nomi bilan yuritiladigan  Milliy kutubxona yoniga etib kelganimizda Peri janoblari ham bizni o'zgacha hayajon va quyidagi samimiy so'zlar bilan kutib oldi:

— Har safar yurtingizga kelsam, Alisher Navoiy bilan uchrashayotgandek quvonaman. Har biringizning chehrangizda buyuk mutafakkir ta'riflagan muhabbat shu'lalarini izlayman. Ayniqsa, so'nggi to'rt yilda Navoiy hazratlari ta'riflagan, orzu qilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, deyarli har bir viloyatda ijod maktablari ochilishi — juda ajoyib g'oya. Maqom san'atini qayta tiklash va uni rivojlantirish borasidagi ishlar ham meni juda quvontirdi. Siyosat maydonida ahillik va hamjihatlik borasidagi olamshumul loyihalarni esa, butun dunyo ahli kuzatib, bilib turibdi. Konferentsiyadagi nutqida Prezident SHavkat Mirziyoev: “Mazkur forum arafasida Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ushbu tahlil markazi qoshida mamlakatlarimizning taniqli olimlari, tadqiqotchi va tahlilchilaridan iborat ekspertlar kengashini tuzishni taklif qilaman. Bundan tashqari, bugungi konferentsiya yakunlari bo'yicha Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasida, umuman, Evroosiyo makonida doimiy va barqaror rivojlanishning muhim omili sifatida o'zaro aloqalarni mustahkamlash to'g'risida maxsus rezolyutsiya loyihasini ishlab chiqib, BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etishni taklif qilaman. Ushbu hujjatda muloqotlarimizning umumiy yondashuvlari, asosiy tamoyil va yo'nalishlarini aks ettirish lozim. Rezolyutsiya loyihasida bizning Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari mintaqaviy bog'liqligi bo'yicha yuqori darajadagi doimiy forumlarni muntazam o'tkazib borishga tayyorligimizni aks ettirish ham maqsadga muvofiqdir”, deya ta'kidladi. SHavkat Mirziyoevning ushbu so'zlarini tinglayotib, Alisher Navoiyning:

Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig',

Yor o'ling bir-biringizgakim, erur yorlig' ish,

degan misralarini esladim. Benedik Peri janoblarining ayni mulohazalari va yurtimiz bilan bog'liq yorug' taassurotlari bizning-da, ko'nglimizni ravshan qildi. O'z-o'zidan suhbatimiz xorij navoiyshunosligidagi yutuqlar va muammolarga ulanib ketdi. Filologiya fanlari doktori Aftondil erkinov mutafakkir bobomizning hayotbaxsh g'oyalar bilan sug'orilgan benazir ijodiga keyingi paytda xorijda qiziqish yanada kuchayganini ta'kidlab, bunday

dedi:

— Necha asrki, Navoiy ijodi G'arb olimlari diqqat markazida. Taassufki, XX asrda hukm surgan sho'ro tuzumi tufayli barcha sohalar qatori ma'naviy va ilmiy aloqa chegaralari yopildi. Natijada biz xorijdagi o'zbek adabiyoti tadqiqotchilari va ular ishlaridan ko'p jihatdan bexabar, bebahra qoldik. endilikda G'arbu SHarq olimlari va ular yaratgan ilmiy mahsulot bilan tanishish imkoni kengaymoqda. Mazkur yo'nalishda qilingan ishlar ham bor. Xorijda Alisher Navoiy hayoti va ijodi bilan shug'ullangan va shug'ullanayotgan olimlarning salmog'i baland. Ularning Navoiy bo'yicha yaratgan ilmiy ishlari O'zbekistonda ham tadqiq etilmoqda. O'zim 2018 yildan beri xorijdagi navoiyshunoslik va ayni yo'nalish bilan shug'ullanuvchi chet el olimlari haqida to'qqizta ilmiy maqola e'lon qildim. Xorijiy navoiyshunoslik mening navoiyshunoslik bo'yicha olib borgan tadqiqotlarimning bir qismidir. SHu bo'yicha shogirdlar tayyorlash ustida ham ishlayapman. Masalan, mening ilmiy rahbarligim ostida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mustaqil tadqiqotchisi Gulandom Yo'ldosheva “Alisher Navoiy ijodining XX asrda Kanadada o'rganilishi (e.Birnbaum va M.Sabtelni tadqiqotlari misolida)” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi ustida ishlayapti. Samarqand davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Abdumalik Qurbonov  “Navoiyning Turkiya Respublikasida o'rganilishi” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini yozyapti. Maqsadim — O'zbekistonda xorijiy navoiyshunoslik yo'nalishini katta miqyosga olib chiqish va Alisher Navoiy fenomenini dunyo ilmiy jamoatchiligi tan olganining ilmiy isbotini yaratish. Aslida xorijda Alisher Navoiy va uning ijodi G'arb olimlari diqqat markaziga tushganiga bir necha asr bo'ldi. Adabiyotimiz va uning taniqli namoyandalari bo'yicha tadqiqot qilgan va qilayotgan olimlarning keyingi yuz yildagi taniqli vakillari sifatida Amerika qit'asidan Mariya Sabtelni va elizar Birnbaum, Germaniyadan Ingeborg Baldauf va Zigrid Klaynmixel, Vengriyadan Benedek Peri va Ferench CHirkesni aytib o'tishimiz mumkin. SHuningdek, Frantsiyadan Aleksandr Papas (Alexandre Papas) va Mark Toutant (Marc Toutant), turkiyalik olimlardan Mehmed Fuat Ko'prulu (Mehmed Fuat Koprulu) — Ko'prulzoda, Zaki Validi To'g'on, hozir 91 yoshni qarshilagan Kemal eraslan, Osman Sertkaya, Tanju Seyhan, Vahid Turk, Ayshexan Deniz Abik, Ozarbayjondan Jannat Nagieva, Almaz Ulvi va yana bir qator tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari e'tiborga molikdir.

     Shu o'rinda navoiyshunos Benedik Peri haqidagi ba'zi ma'lumotlarni keltirib o'tmoqchiman. U mojor turkiyshunosligi vakili, professor. Vengriya poytaxti Budapesht shahrida yashaydi. SHarqshunoslik instituti direktori va etosh Lorand universiteti turkiyshunoslik kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritadi. Benedik mazkur universitetda ingliz, fors va turkiy tillarni o'rgangan. Turkiy matnlar bo'yicha mutaxassis. Mazkur kafedra O'rta Osiyo turkiy matnlarini o'rganish bo'yicha uzoq yillik an'anaga ega. Kafedraga 1870 yili Arminius (Armin) Vamberi (1832–1913) tomonidan asos solingan. Benedik Peri Lutfiy va Alisher Navoiy she'riyatining boburiylar adabiy muhiti shoirlariga ta'siri haqida tadqiqotlar yozgan. So'nggi yillarda Benedik Peri ko'proq Alisher Navoiy ijodini o'rganish bilan mashg'ul bo'lib, bu yo'nalishdagi maqolalarini ingliz tilida nashr etib kelmoqda.

— Benedik Peri janoblari, avvalgi suhbatimizda frantsiyalik navoiyshunos Mark Toutan sizni Frantsiyaga ilmiy konferentsiyaga taklif etgani, biroq pandemiya sabab anjuman qoldirilgani bois, yangi izlanish va mulohazalaringizni taqdim etolmay qolganingizni aytgan edingiz. Umuman, Armin Vamberi davridan bosh langan izlanishlar shu kungacha qanday ilmiy va ijodiy haqiqatlarni kashf etishga erishdi, deb o'ylaysiz?

— Vengriyada O'zbekiston va Alisher Navoiy bilan bog'liq ishlarning boshlanishi mashhur turkiyshunos olim Armin Vamberi (1832–1913) nomi bilan bog'lanadi. U 1863 yili O'zbekiston hududiga kelgan. Vamberi to'rt yil umrini Istanbulda o'tkazgan. O'shanda u o'zbek mumtoz adabiyoti namunalari, xususan, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlari bilan tanishgan. Olim izlanishlari davomida bu asarlarni usmonli turk kitobxonlari tushunishlari oson bo'lishi uchun XVI asrda tuzilgan “Abushqa” lug'ati qo'lyozmasini mojor tiliga tarjima qilib, 1862 yili Vengriyada chop ettiradi. SHuningdek, Vamberi “Muhokamat ul-lug'atayn” asarining ba'zi qismlarini ham mojor tiliga tarjima qiladi va shu yili Vengriyada nashr qildiradi. Buning o'ziga xos sababi bor edi. Vamberi “Muhokamat ul-lug'atayn” asarida Alisher Navoiyning milliy hissiyotlari aks etganini sezadi. Milliylik bilan bog'liq bu his-tuyg'ular Vamberi uchun muhim aham iyat kasb etardi. Ayniqsa, Vengriyaning o'z mustaqilligi uchun 1848–1849 yillari Avstriyaga qarshi urushda yutqizgani fonida Navoiyning o'z ona tili taraqqiyoti va badiiy adabiyotdagi o'rni uchun “Muhokamat ul-lug'atayn” asari orqali qilgan g'amxo'rligi Vamberi uchun muhim edi. YA'ni Vamberining tarjimasi ortida nafaqat ilmiylik, balki o'z xalqi ozodligi, vatani mustaqilligi va ona tili mavqeining yuqori bo'lishi uchun bo'lgan intilishlari ham turardi. SHu ma'noda, “Muhokamat ul-lug'atayn”da Navoiyning turkiy til uchun qayg'urgani olimni qiynagan masalalarga hamohangligi bilan qadrli edi.

Demak, Vamberi shu bois, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarini ko'rish uchun xavfli bir safarga otlanar ekan-da...

 — Armin Vamberi usmonli turkiy tiliga qiziqadi, keyinchalik o'zbek mumtoz adabiyoti matnlari bilan tanishgach, unda O'rta Osiyo xalqlari madaniyati va tillariga bo'lgan qiziqish paydo bo'ladi. SHu sabab u Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarini ko'rish uchun xavfli bir safarga otlanadi. Olim 1863-1864 yillarda usmonli darvish qiyofasida shu shaharlarga keladi. U kiygan kiyimlar safar mobaynida unga ko'p kitob to'plash imkoniyatini bermaydi. SHunga qaramay, Vamberi muayyan kitoblarni qo'lga kiritadi. SHular qatorida XVIII-XIX asr shoirlari she'rlari kirgan bir bayoz ham mavjud bo'lib, unda Navoiy she'rlari ham bor edi. 1867 yili Vamberi eski o'zbek tilini o'rganuvchilar uchun shu tildagi matnlar kirgan darslikxres tomatiyani nemis tilida nashr qiladi. Ayni kitobda Alisher Navoiy asarlaridan namunalar joy olgan. Bular qatorida “Mahbub ul-qulub”dan parchalar, uch g'azal va “Farhod va SHirin”dan olingan bir necha bayt va ularning nemis tiliga qilingan tarjimasini qayd etish mumkin. Vamberining shogirdi, venger olimi Yojef Turi (1861-1906) “O'rta Osiyo turkiy adabiyoti tarixi” nomli 70 sahifali risola yozgan. Bu kitobning 

 10 sahifasi Alisher Navoiyga bag'ishlangan bo'lib, muallif Navoiyni turkiy adabiyotning buyuk ijodkori sifatida baholagan. Yojef Turining mutafak

kir bilan bog'liq alohida yana 2 ta tadqiqoti mavjud: XIX asrda Fatxali Qojor Qazviniy “Behjat ul-lug'at” degan lug'atga tartib bergan. Ayni so'zlik erondagi turkiy xalqlarga Navoiy asarlarini o'qib tushunish oson bo'lishi uchun yaratilgan. CHunki ular Navoiy asarlarini o'qib tushunishda ba'zi muammolarga duch kelgan bo'lsalar kerak. Yojef Turi Navoiy bilan bog'liq mana shu lug'at xususiyatiga oid katta tadqiqot yaratgan. Bundan tashqari, bu venger olimi “Muhokamat ul-lug'atayn” asaridan misollar keltirgan holda tilshunoslik bo'yicha tadqiqotlar ham olib borgan. Usmonlilar saltanati orqali Vengriyaga  Alisher Navoiy asarlari qo'lyozmasi XIX asr ikkinchi yarmidayoq etib borgan. Ular orasida “Farhod va SHirin”, “Hayrat ul-abror”ning ikki qo'lyozmasi va Navoiy devonlarining besh nusxasi mavjudligi XX asr birinchi yarmida mashhur mojor turkiyshunos olimi Ignats Kunosh (1860-1945) amalga oshirgan hisobotda qayd etilgan.

XX asrda Navoiy ijodi bilan shug'ullangan venger olimlari qatorida YAnosh ekmann (1905-1971)ni ham tilga olish mumkin. U Navoiy devonlari haqida bir qator maqolalar yozgan. Mashhur venger turkiyshunos olimlaridan yana biri Andrash Bodrogligettidir (1925-2017). Bu olim tarjimon erjebet Brodski (1907-1983) bilan birga, Alisher Navoiyning “Farhod va SHirin” dostonini mojor tiliga tarjima qilgan. Mazkur doston 1966 yili Vengriyada nashr bo'lgan. “Farhod va SHirin”ning ayni mojorcha tarjimasi nashri 1974 yili yana qaytadan Budapeshtda chop etilgan. Alisher Navoiy bilan bog'liq Vengriyadagi tadqiqotlar bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda. Masalan, men o'zbek olimi, professor  Abdulla A'zamov bilan hamkorlikda Navoiyning “Arbain” asari inglizcha tarjimasi, badiiy va ilmiy talqinini amalga oshirish ustida ishlayapmiz.

 — Suhbatlaringizning birida “eski o'zbek adabiy tiliga oid matnlarni o'qishni talabalik yillarimdanoq boshlagan edim. esimda, dastlabki paytlar ko'plab qiyinchiliklarga duch kelganmiz, chunki bizda bu davr adabiy tiliga oid birorta ham lug'at yo'q edi. Afsuski, bu  muammo hozir ham o'z echimini topgani yo'q, ya'ni talabalarimizga Navoiy davrida yaratilgan adabiy asarlarni asliyatda o'qib tushunishlariga mo'ljallangan eski o'zbek adabiy tilining inglizcha lug'ati hanuzgacha yaratilmadi”, degan edingiz...

— Prezident SHavkat Mirziyoevning “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi qarori bilan astoydil tanishib chiqdim. Ushbu qarorda chet elda istiqomat qilayotgan o'zbek tili mutaxassislari, tarjimonlarni jalb qilgan holda, Alisher Navoiy asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish, nashr etish va xorijiy mamlakatlarda taqdimotlarini o'tkazish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish borasidagi muhim vazifalarga alohida to'xtalib o'tilgan. Hozirgi kunda o'zbek olimlari va xorij navoiyshunoslari asrlar davomida ortga surib kelingan juda yaxshi loyihalar asosida ish olib borayotgani meni juda xursand qilmoqda. Men yoshligimdan beri orzu qilib kelgan eski o'zbek adabiy tilining inglizcha lug'atini yaratish borasida ham e'tiborga molik ishlar boshlab yuborilgan. Bu jarayonda qo'limdan kelganicha o'z yordamimni ayamayman. Vamberi chig'atoy tili va adabiyotiga qiziqishini Budapesht universitetining turkshunoslik kafedrasi mudiri sifatida o'qituvchisiga ergashgan shogirdi Jozef Turiga meros qilib qoldirgan. U shu mavzuda 3 ta kichik kitob nashr etdi. Biri Markaziy Osiyoda turkiy adabiyot tarixi, umuman, chig'atoy-forsiy lug'atlari bo'lsa, bittasi Navoiyning kitoblarini o'qiyotgan odamlarga yordam berish uchun eronda tayyorlangan “Bahjat al-lug'at” deb nomlangan lug'atdir. YAnosh ekmann 1870 yilda Vamberi tomonidan asos solingan turkshunoslik bo'limida ham o'qigan va u uzoq vaqt Turkiyada bo'lganida zamonaviy O'zbekiston hududida bir vaqtlar gullab-yashnagan adabiy an'analarning qat'iy tadqiqotchisiga aylangan. Olim xorazmliklar va chig'atoy tili haqida maqolalar nashr etdi. Ushbu mavzu bo'yicha taniqli mutaxassisga aylandi. Uning 1966 yilda chop etilgan “CHig'atoyga ko'rsatma” kitobi bugungi kunda ham chig'atoy grammatikasi uchun ma'lumotnoma bo'lib xizmat qilmoqda. Budapeshtdagi turkshunoslik maktabida ham ta'lim olgan Andras Bodrogligetti ekman izidan yurib, chig'atoy va o'zbek adabiyoti tarixining turli jabhalariga bag'ishlangan bir necha jild va ko'plab maqolalar nashr etdi. Uning eng muhim asarlari qatoriga “CHig'atoy tili grammatikasi“ va “Hozirgi adabiy o'zbek tili” kabilar kiradi. YOsh avloddan boshlab Ferench CHirkes chig'atoy matni to'g'risida maqola e'lon qildi. Gulu Navro'z va Andrash TSentnar O'rta Osiyo turkiy-fors tilidagi kitob bo'yicha doktorlik dissertatsiyasini yozdilar. Menga kelsak, Hindistonda turkiy til va adabiyot tarixiga bag'ishlangan kitob va bir necha maqolalarim chop etilgan.  Afsuski, shu kungacha Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlarini o'qishni osonlashtiradigan mumtoz o'zbek (chig'atoy)-inglizcha lug'at mavjud emasligi bois, universititetimiz tadqiqotchilari doktor Suat YUnlu tomonidan tayyorlangan mumtoz o'zbek (chig'atoy)-zamonaviy turkcha lug'atdan foydalanib kelishgan. Boshlangan ezgu sa'y-harakatlarimiz va hamkorligimiz tufayli bu kabi muammolar o'z echimini topishiga, ilmiy hamkorligimizda yangi ufqlar paydo bo'lishiga juda qattiq ishonyapman. CHunki yurtingizga Navoiy o'z asarlarida juda katta mehr va faxr bilan ta'riflagan sultonlar kabi ilmni, madaniyat va san'atni qadrlaydigan rahbar kelganga o'xshaydi.

— Aftondil aka, tarix sahifalarida qayd etilishicha, Alisher Navoiy usmonlilar sultoni Boyazid II ga o'ttiz uch g'azalini yuborgan...

— Ana shu voqea bilan bog'liq adabiy ta'sirlar haqida aytib o'tishimni so'rayotganingizni angladim. SHu o'rinda bevosita Benedik Peri izlanishlari bilan bog'liq mulohazalarimni bildirib o'tmoqchiman. 2017 yili Benedik Peri Toshkentga, Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligiga bag'ishlab O'zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etgan konferentsiyaga kelganida 9 fevral` kuni Navoiy haykali poyida o'zbek tilida qisqa ma'ruza qilgandi. Uning o'ziga xos fikrlari e'tiborimni tortdi. Tadqiqotchi “Alisher Navoiy. “Muhokamat ul-lug'atayn” nomli asarida bunday deb yozadi: “Turkiy shoirlar o'z she'rlarini ko'pincha fors tilida yozganlar, chunki ular uchun asrlar davomida bu tilda she'r yozish an'anasiga suyanib ijod qilish osonroq bo'lgan. Lekin Alisher Navoiy turkiy shoirlarga yo'l ko'rsatmoq uchun o'zi o'sha davrda keng tarqalgan adabiy janrlarning barchasida eski o'zbek tilida asar yozdi. Ayni vaqtda, Alisher Navoiyning eski o'zbek tilidagi she'rlari barcha turkiy xalqlar uchun badiiy o'rnak bo'ldi. Aytilishicha, Navoiy usmonlilar sultoni Boyazid II ga o'ttiz uch g'azalini yuborgan. Boyazidning o'zi ham shoir bo'lgan va unga Navoiyning bu she'rlari juda yoqqan. U oldiga Ahmad Posho degan shoirni chaqirib, unga usmonli turkiysida Navoiyning g'azallariga o'xshash g'azallar yozishni buyurgan. Davr tazkirachilariga ko'ra, Ahmad Posho Navoiy g'azallariga ergashib g'azallar yaratgan. Natijada uning she'riy mahorati oshgan va she'riyati keyingi davr usmonli shoirlari uchun namuna bo'lgan. YA'ni Ahmad Posho vositasida usmonli shoirlar Alisher Navoiy she'riyatiga taqlidan ijod qilganlar. SHunday qilib, o'n oltinchi asrdan boshlab Navoiy she'riyatiga ergashib usmonli turkiysida yoki eski o'zbek tilida ijod qilish, she'r yozish usmonlilar adabiy muhitida o'ziga xos an'anaga aylangan. Masalan, usmonli shoirlar tomonidan eng ko'p ergashilgan  Navoiy g'azallaridan biri “O'ynar” radifli g'azaldir. 2017-2018 yillardan beri Benedik Peri  Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti universitetida o'tkaziladigan an'anaviy “Alisher Navoiy va XXI asr” mavzuidagi konferentsiyalarda o'z chiqish va maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Buning natijasi o'laroq, uning “Boburiylar muhitiga Alisher Navoiy va Lutfiy g'azalchiligining ta'siri (Bayramxon misolida)” hamda “Alisher Navoiy va Hofiz SHeroziyning birinchi g'azali” kabi maqolalari O'zbekistonda nashr etildi. Benedik Perining “Alisher Navoiy she'rlarining ingliz tiliga tarjimasiga oid mulohazalar: muammo va takliflar” maqolasi Navoiy she'riyati tahlili va shoir she'rlarini G'arb o'quvchisiga tarjimada tushuntirish masalasiga bag'ishlangan. Unda olim Navoiy she'rlarini G'arb tillariga tarjima qilishdagi muammolarni ko'rsatib o'tgan hamda ularni hal etish yo'llariga oid o'z ilmiy qarashlarini ilgari surgan.

 

* * *

Benedik Peri bilan suhbatimiz uzoq davom etdi. O'z fikrlarini bayon etayotib ko'p o'rinlarda eski o'zbek tili so'zlaridan foydalangan chog'ida qalbi samimiyatga limmo-lim bo'lgan bu olimning yurtimiz tarixi, ajdodlarimiz merosiga bo'lgan ehtiromi beixtiyor kishini to'lqinlantirib yubordi. Xayrlashar chog'imiz vengriyalik do'stimiz Alisher Navoiy hazratlarining mana bu misralarini sof o'zbek tilida aytib ko'nglimizni yanada shod ayladi:

Bo'lmasa ishq ikki jahon bo'lmasin,

Ikki jahon demakim, jon bo'lmasin.

 Ishqsiz ul tanki, oning joni yo'q,

Husnni netsun kishikim, oni yo'q.

“Yangi o'zbekiston” muxbiri

Muxtasar TOJIMAMATOVA suhbatlashdi.