Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram-kanalida xabar berdi.

“Bugun Berlinda “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatidagi ilk vazirlar darajasidagi uchrashuvni oʻtkazdik. Ushbu mexanizm ishga tushirilishini hamkorligimizga yanada tizimli va amaliy tus beradigan muhim bosqich sifatida baholaymiz.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo Yevroosiyo yuragida joylashgan, oʻz birligini, iqtisodiy salohiyatini va global rolini izchil mustahkamlab borayotgan dinamik mintaqadir.

Biz investitsiya, texnologiya va savdo sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish, muhim xomashyolar, “yashil” energetika, iqlim, transport bogʻliqligi va logistika yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmonlik muloqotini chuqurlashtirish zarurligini taʼkidladik.

Bugungi uchrashuv strategik hamkorligimizga yangi surʼat bagʻishlab, “Markaziy Osiyo – Germaniya” sammitining navbatdagi yigʻilishi uchun mazmunli natijalar olib kelishiga ishonch bildiramiz.

Vazirlar uchrashuvini yuqori saviyada tashkil etgani uchun tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful janoblari va uning jamoasiga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz”.