Beruniy tumanida xayriya sunnat toʻylari oʻtkazildi

    6 nafar ehtiyojmand oila vakillarining bolajonlariga xayriya sunnat toʻylari oʻtkazib berildi.

    Inson qadrini ulugʻlash, bugunidan rozi boʻlishi uchun mamlakatimizda tom maʼnoda katta ishlar olib borilmoqda. Har bir hududda zamonaviy binolar, ijtimoiy soha obyektlari taʼmirlanib ishga tushirilmoqda. Bularning barchasi xalq farovonligi yoʻlida olib borilayotgan saʼy harakatlardir.

    Davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga alohida eʼtibor berilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Beruniy tumanida aholi bilan oʻtkazgan sayyor qabullari davomida farzandlarining sunnat toʻylarini oʻtkazib berishni soʻrab murojaat qilgan fuqarolarning bugun murojaatlari ijobiy hal qilindi.

    6 nafar ehtiyojmand oila vakillarining bolajonlariga xayriya sunnat toʻylari oʻtkazib berildi. Har bir ota-ona farzandi dunyoga kelgach uning yaxshi kunlarini, toʻylarini koʻrishni istaydi. Bugun ota-onalarning quvonchi cheksiz toʻy bola libosidagi farzandining kulgisini butun dunyo eshitganday goʻyo.

    Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev barchani toʻy-tantanalar bilan samimiy tabrikladi. Bolajonlarga sovgʻa sifatida velosiped va toʻyonalar ulashdi.

    Nuroniylar duoga qoʻl ochib, tinch va farovon hayotimizga shukronalar aytgan boʻlsa, bolajonlarning ezgu kamolini koʻrib yurishni nasib qilsin deya yaxshi niyatlar bildirdi.